27 fev 15:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib MMAda eng past baholangan jangchi kim ekanligini aytdi
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov o'z tvitteriga yangi post joyladi.
Postda Xabib o'rta vaznda "Bellator" chempioni Gegard Musasini AQSH vakili Ostin Vanderford ustidan qozongan g'alabasi bilan tabriklagan.
"Bugungi kunda eng past baholangan MMA jangchisi. Tabriklayman, Gegard", — deb yozgan Nurmagomedov.
Musasi-Vanderford jangi Bellator 275 turniri doirasida bo'lib o'tdi. Musasi birinchi raundda raqibini nokautga uchratib, g'alaba qozondi. SHunday qilib, Musasi o'z titulini himoya qila oldi. Gegard aralash yakkakurashlarda umumiy hisobda 49 ta jang o'tkazib, 7 marotaba mag'lubiyat alamini totgan va ikki marotaba durangga imzo chekkan.
Havola :
Fikrlar