18 avg 16:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: "Dana Uayt nihoyat tushundi"
UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov Dana Uayt bilan munosabati haqida gapirdi.
"Dana bilan munosabatimiz yaxshi. So'nggi marotaba u bilan qaytishim haqida gaplashganimiz yo'q. U nihoyat men haqiqatdan ham tugatganimni tushundi.
Pop-MMA? Bunga qanday munosabatda bo'lishim kerak? Menda bunga munosabat yo'q. Ular professionallarga raqobat qila olishadi deb o'ylamayman. Pop-MMA rivojlanishi mumkin, lekin uning chegarasi bor. Bizda esa rivojlanish doimo bor", - dedi Nurmagomedov.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar