23 fev 19:13
Yangiliklar
![](/upload/storage/206725_220.jpg)
Xabib Nurmagomedov Jorj Sen-Per bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi
"Men bunda mazmun ko'rmayapman. Olovga yog' sepib, nimadir deyishingiz mumkin, lekin men Eagle FC ligasini bu tarzda targ'ib qilmoqchi emasman. Men tashkilotni boshqacha formatda targ'ib qilishni xohlayman.
Kim bilandir jang qilish uchun faoliyatimni tiklayman deb o'ylamayman. Kimga kerak bo'lsa, boshqalar bilan jang qilaversin.
Savol shundan iboratki, bu menga kerakmi? Bu hayotda biz xohlagan har narsa ham amalga oshavermaydi, shuning uchun, bazida xohishlaringiz qiladigan ishingizga to'g'ri kelmasligi mumkin. Siz shunchaki xohlaysiz, hammasi shu.
Hozir ochligim haqida aytishdan mano bormi? Men bunda mano ko'rmayapman", - instagramdagi jonli efirda aytib o'tgan Nurmagomedov.
Avvalroq, Xabib amakivachchasi Usmanning keyingi raqibi amerikalik Mayls Juri bo'lishini aytgan edi.
Fikrlar