03 sen 17:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: "Kaliforniya yoki Dubaydan uy sotib olishga qurbim etadi. Lekin Dog'istonda yashayman"
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov chet elda yashash niyati yo'qligini aytdi.
"Men o'zimga Kaliforniyadan uy sotib olib, o'sha erda yashashim mumkin. Yoki hammaga maqul Dubayni olaylik - u erda ham yashay olaman.
Lekin men Dog'istonda istiqomat qilaman, chunki men shu erda tug'ilganman. Hamma qarindoshlarim bor. Qaerda bo'lsam ham, har doim Dog'istonga uchish uchun bo'sh vaqtni qidiraman.
Bu joyda barcha narsani topa olasiz: yashash uchun joylar, ajoyib odamlar, dalalar, qishloq xo'jaligi uchun sharoitlar, dengiz, tog'lar va o'rmon bor.
Bilasizmi, Rossiyaning deyarli butun g'arbiy qismi Dog'istonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi bilan ishlaydi. Bizda eng yirik GESlardan biri bor”, - deydi Nurmagomedov.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar