28 noy 16:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Nurmagomedov Konor Makgregorga o'qilgan hukmni qo'llab-quvvatladi
Engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Irlandiya sudining Konor ishi bo'yicha chiqargan hukmi adolatli ekanini aytmoqda.
Dog'istonlik aralash yakkakurash ustasi "Jinoyatchi Makgregor" loyihasi asoschilarini to'laligicha qo'llab-quvvatlashini bildirib, qolganlarni ham ushbu akciyaga chaqirdi.
"Yigitlar, ajoyib g'oya, men sizlarni to'laligicha qo'llab-quvvatlayman", - deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta Dublin shahrida o'tgan sudda Nikita Xendning 2018 yilgi ish yuzasidan shikoyati ko'rib chiqilib, unga jinsiy tajovuz qilgan Konor Makgregor 250 ming dollar miqdoridagi jarimaga tortgandi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar