20 apr 09:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: “Makgregor bilan muzokara olib boryapmiz”
Aralash qoidalar bo'yicha engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan muzokara olib borilayotganini tasdiqladi.
“Hozircha raqib yo'q. Lekin yil so'nggiga qadar bitta jang o'tkazish bo'yicha muzokara olib boryapmiz. Ehtimolliy raqiblar orasida Konor ham bor. SHaxsan menga kim bilan, qachon va qaerda jang o'tkazishning unchalik ahamiyati yo'q.
Sog'lom ekanman, jang qilishda davom etaman. CHempionlik kamarimni himoya qilishim kerak. Makgregor bilan muzokaralar cho'zilib ketmasligi tarafdoriman. Raqiblar orasida Dastin Pore ham bor. Tez kunda bu borada aniq malumot beramiz”, - dedi Nurmagomedov.
Havola :
Fikrlar