18 jan 12:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: Makgregor revanshga munosib emas!
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov kelgusi faoliyati qanday davom etishini hali bilmaydi.
Nurmagomedov Nevada shtati Atletik qo'mitasi chiqaradigan qarorni kutmoqda. Aynan shu qaror, yani jazo turiga qarab, u kelgusi rejalarini belgilab oladi. Lekin Xabib bir narsani aniq biladiki, Konor Makgregor revansh jangiga munosib emas.
“Makgregor bilan revansh? Nima uchun? U revanshga munosib emas. Konor jangdan oldin juda ko'p gapirgandi. Ammo, oktagonda so'zlarining amaldagi isbotini ko'rsata olmadi.
Faoliyatim qanday davom etadi? Hozir bu savolga aniq javob bera olmayman. Biz Nevada shtati Atletik qo'mitasining javobini kutyapmiz. Keyin shunga qarab rejalarni ishlab chiqamiz”, - dedi Nurmagomedov.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar