14 fev 10:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov Maks Xolloueyni nokautga uchratdi + VIDEO
Sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov "Legionfarm" platformasida Maks Xolloueyni mag'lubiyatga uchratdi va virtual o'yinda ham g'alabali seriyasini davom ettirdi.
Jang to'rtinchi daqiqada rossiyalik sportchining nokautli g'alabasi bilan yakunlandi. Bu vaqt davomida Xollouey to'rt marta, Xabib esa bir marta nokdaunga uchradi.
Jangni ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Daniel Korme sharhladi.
Eslatib o'tamiz, 2018 yilda Maks Xollouey qisqa vaqtda ichida jarohat olgan Fergyusonninig o'rniga Nurmagomedov bilan jang qilishga rozi bo'lgandi. Ammo, o'shanda vazn tashlashdagi muammolar sabab jang bekor qilingandi.
Havola :
Manba : fightnews
Fikrlar