19 apr 10:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: Meniki haqiqiy, uniki vaqtinchalik!
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov sentyabr oyida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan bo'lajak jangi haqida fikr bildirdi.
“Dastin Pore kamarga ega bo'ldi. Lekin uniki vaqtinchalik, meniki esa haqiqiy chempionlik kamari! SHunday bo'lsada, men bu kamarni ham tortib olishim kerak.
Dastin kuchli raqib. Pettis, Alvares, Xollouey kabi raqiblarni mag'lub etdi. Sentyabrda jang o'tkazishimni aytishdi. Tayyorgarlik ko'rishim uchun besh oy vaqtim bor. Muzokaralar yaxshi kechadi va men sentyabrda oktagonga qaytaman”, - dedi Xabib.
Havola :
Fikrlar