31 dek 15:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Nurmagomedov nima uchun UFC’da "Burgut" laqabini olganini tushuntirdi
Faoliyatini 2020 yilda yakunlagan rossiyalik aralash yakkakurash ustasi 29-0 rekordi bilan mag'lubiyatsiz jangchi sifatida nafaqaga chiqqandi.
Engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov dastlab bu nomni olishni istamaganini, ammo promoushen uning ismini talaffuz qilish uchun juda qiyin deb hisoblaganini aytdi.
"2012 yilda UFC men bilan shartnoma imzolaganida: "Do'stim, sening ismingni aytish juda qiyin. Senga laqab kerak. Men: "Nima uchun? Mening ismim bor-ku, nima uchun qandaydir laqab olishim kerak? Men hatto menejerdan nickname o'zi nima deb so'radim. U tushuntirdi: "Ular sening ismingni talaffuz qilishda qiynalishadi". O'shanda Dog'iston ramzi bo'lgani uchun "Burgut" laqabini tanlaganman. Ammo olti yil o'tgach, hamma mening ismimni allaqachon bilardi", - dedi Nurmagomedov WorldSportsSummit’ga bergan intervyusida.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar