21 avg 17:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: "O'ylaymanki, sen o'zingga kelib ulgurding"
Engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov FIFA futbol simulyatorida o'z mahoratini namoyish etdi.
Xabib Instagram sahifasiga rossiyalik MMA jangchisi Islam Mamedov bilan o'tkazgan o'yini aks etgan suratlarni joylagan. Xabib Ispaniyaning "Barselona", Islam esa Franciyaning "PSJ" klubini tanladi.
"O'ylaymanki, sen o'zingga kelib ulgurding", — deya suratlar ostida izoh qoldirgan Xabib.
Bu so'zlardan anglab olish mumkin-ki, Nurmagomedov "futbol"da Mamedovdan ustun kelgan.
Havola :
Fikrlar