21 apr 19:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: Poreni ham avvalgi raqiblarimning qismati kutyapti
Engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov bo'lajak raqibi Dastin Pore haqida fikr bildirdi.
"Pore Xollouey bilan juda yaxshi jang o'tkazdi. Men Maks g'alaba qozonadi, deb o'ylagandim. Jangdan avval jamoam va otam bilan shu mavzuda suhbatlashganimizda, men hammaga Maksni to'liq ustunlikda g'alaba qozonishini takidlagandim. Lekin Dastin g'alaba qozondi.
Dastinning boks saboqlari juda yaxshi, jangdan-jangga tezlashmoqda. Parterda ham yaxshi ishlayapti. Uni anchadan beri kuzatib kelaman. Ammo, Poreni avvalgi raqiblarimning qismati kutmoqda. Bor yo'g'i besh oy va superjang", - dedi Xabib.
Havola :
Fikrlar