04 fev 08:02
Yangiliklar

Xabib Nurmagomedov: Rossiyada jang? Faqat ko'chada urishishim mumkin
Nurmagomedov (28-0, 8 KO) o'z intervyusida Rossiya hududida professional jangini o'tkazish istagida emasligini ochiqladi.
"Rossiyada jang o'tkazish imkoniyatlarim deyarli nolga teng. Faqat ko'chada jang qilishim mumkin. Navbatdagi jangim 18 aprel kuni Amerikada o'tkaziladi. U erda katta pul to'lanadi. Faoliyatimning qolgan qismidagi janglarim ham okean ortida o'tkazilsa kerak. U erda gonorardan tashqari tashkilotchilik ham yuqori darajada bo'ladi", - dedi Nurmagomedov.
Avvalroq Xabibning menejeri Ali Abdul-Aziz Saudiya Arabistoni shayxlaridan biri Nurmagomedovning Floyd Meyvezer (50-0, 27 KO) va Konor Makgregor (22-4, 19 KO)ga qarshi o'tkaziladigan janglariga aqlbovar qilmaydigan darajada gonorar to'lashga tayyor ekanligini aytgan edi.
Fikrlar