25 jan 16:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Nurmagomedov: "Uning yoshi salkam 38 da ekanini unutmang"
Engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov amerikalik Jastin Getjining UFC 324 turnirida Peddi Pimblettga qarshi jangiga munosabat bildirdi.
"Jastin Getji - mutlaq afsona, tabriklayman. Qanday jang! Unutmangki, Jastin deyarli 38 yoshda", - deb yozdi Xabib Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Getji jangning katta qismida Pimblett ustidan ustunlik qildi, bir necha bor jangni muddatidan oldin yakunlash imkoniyatiga ega bo'ldi va raqibiga jiddiy zarar etkazdi. Jang to'liq besh raund davom etdi va yakunda Jastin Getji hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi (48-47, 49-46, 49-46).
Endilikda Getjida 27 g'alaba va 5 ta mag'lubiyat bor. Pimblett esa UFC’dagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar