07 dek 09:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedovga ham Konor singari ruxsat berishdi
Aralash qoidalar bo'yicha engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov AQSHga bormaydi.
Avval xabar berganimizdek, 10 dekabr kuni Nevada shtati Sport qo'mitasining yig'ilishi o'tkazilishi va unda Konor Makgregor hamda Xabib Nurmagomedov o'rtasidagi jangdan keyingi voqealar muhokama qilinishi kerak edi.
Lekin Xabibning huquqshunoslari Sport qo'mitasiga murojaat qilib, ushbu yig'ilishni keyinroq muddatga surishlarini so'rashgan. O'z o'rnida qo'mita bu so'rovnomani qanoatlantirgan. Sport qo'mitasining ushbu ish bo'yicha surishtiruvi 29 yanvar kuniga belgilandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar