15 fev 10:44
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/205010_220.jpg)
Xabib Nurmagomedovning mashg'ulot zalidan FOTOREPORTAJ
Engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov o'zining Instagram sahifasiga mashg'ulot jarayonidan suratlarni joyladi.
"O'z formamni saqlashga harakat qilyapman", - deya izohlagan Xabib.
Nurmagomedov faoliyatidagi so'nggi jangini amerikalik Jastin Getjiga qarshi o'tkazgan. Ushbu jang 2020 yil oktyabr oyida UFC 254 turniri doirasida o'tkazilgan. Xabib ikkinchi raundda "uchburchak" bo'g'ish usulini qo'llash orqali g'alabaga erishgan. Jang tugashi bilanoq rossiyalik sportchi MMAdagi faoliyatini yakunlaganini elon qilgan edi. Xabib 29 ta jangda 29 ta, shu jumladan UFC doirasidagi 13 ta jangda 13 ta g'alabaga erishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar