28 fev 19:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedovning raqibi malum qilindi!
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning diskvalifikaciyadan keyingi raqibi malum bo'ldi.
Bu xabarni Xabibning otasi va bir vaqtning o'zida murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov Instagram sahifasida elon qildi.
«Toni Fergyuson va Konor Makgregor UFC 237 turniri doirasida bir-birlariga qarshi oktagonga ko'tarilishadi. Ushbu jang g'olibi esa Xabibning raqibiga aylanadi. Bu eng to'g'ri yo'l va tanlov", - deya xabar qoldirgan katta Nurmagomedov.
Malumot uchun, UFC 237 turniri 11 may kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo'lib o'tadi. Avvalroq Konorning o'zi ham Braziliyada jang o'tkazish orzusi ekanligini aytgan edi.
Havola :
Fikrlar