06 fev 14:24
Yangiliklar

Xabib Nurmagomodev: "Makgregorning osongina taslim bo'lganidan xafa bo'ldim"
"Jangdan keyin Konorning murabbiylari bilan yuzaga kelgan vaziyatdan faxrlanaman, deb ayta olmayman. Agar, o'sha vaziyat hozir bo'lganida, men bunday qilmagan bo'lar edim. Birinchidan, men jangga tayyorlandim. Men o'sha yigit bilan jang qilish uchun oktagonga chiqdim, u bo'lsa, shunchaki mag'lub bo'ldi. SHunda men: "Nega bu erga keldim? SHunchalik oson engilasanmi?", — deb o'yladim. Men shunchaki uning iyagidan ushlagan edim, tushunyapsizmi, u shunchaki mag'lubiyatni tan oldi. Bu meni ranjitdi, sababi, bu men uchun shunchaki qafas ichidagi mojaro emas edi.
Esimda, uning burchagidan kimdir nimadir deb qichqirdi, bu ahmoqona emociyalar edi. O'sha paytda "Yaxshi, oqshom hali tugamabdi" dedim", - deb aytgan Xabib Full Send eshittirishida.
Fikrlar