23 avg 07:56
Yangiliklar

Xabib omad tilagan Valiev UFCdagi debyut jangini o'tkazdi
Oqshomning qiziqarli janglaridan birida rossiyalik Timur Valiev UFC promoushenidagi debyut jangini guamlik Trevin Jonsga qarshi o'tkazdi va kutilmaganda texnik nokaut bilan mag'lubiyatga uchradi. Birinchi raundni yuqori tempda o'tkazgan Timur ikkinchi besh daqiqalikda yuz qismiga aniq va kuchli zarba o'tkazib yubordi va buning natijasida referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Etiborlisi, Jons bu jangda ishtirok etishini ikki kun avval bilgan edi. U koronavirus aniqlangan Mark SHtriglning o'rnini egallagandi. Bu Valievning MMAdagi uchinchi, UFCdagi birinchi mag'lubiyati bo'ldi. O'n oltita jangda g'alaba qozongan. 30 yoshli Jons uchun ham bu UFC tashkilotidagi birinchi jang edi. Uning MMAdagi natijasi 13 g'alaba va 6 mag'lubiyat.
Eslatib o'tamiz, kecha jang oldidan engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov vatandoshiga debyut jangda omad tilagan edi.
Fikrlar