15 iyu 08:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib o'z g'alabalarini Jon Jonsnikidan yuqori qo'ydi
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Jon Jonsning oxirgi janglarini tanqid qildi va o'zining g'alabalarini unikidan yuqoriroq qo'ydi.
"Men faoliyatimni yakunlaganimda, vazn toifasidan qatiy nazar eng kuchli jangchi edim. Bu Kamaru Usman yoki Jon Jons emasdi. Jon Jons so'nggi janglarida Tiago Santos, Entoni Smit va Dominik Reyeslar bilan deyarli teng jang o'tkazgandi. Ushbu janglardagi Jons juda sust edi, shu bilan birga dopingdagi muammolar.
Menchi? Men barcha raqiblarimni sindirib tashlagandim. Faoliyatimni tugatgan kechada men eng yuqorida edim", -dedi Xabib Nurmagomedov ESPN MMA kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov UFC 254 doirasida Jastin Getjini mag'lub qilganidan so'ng faoliyatini tugatgandi.
Havola :
Manba : ESPN.com
Fikrlar