30 noy 08:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Parijda Buffon bilan uchrashdi FOTO
Aralash qoidalar bo'yicha engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Parij shahrida italiyalik mashhur darvozabon Janluiji Buffon bilan uchrashdi.
Italiya terma jamoasi posboni hozirda “Pari Sen-Jermen” klubi sharafini himoya qilyapti. Nurmagomedov Jiji bilan tushgan suratini o'zining Instagram sahifasiga joyladi.
“Afsona”, - deya surat tagida izoh qoldirdi rossiyalik sportchi.
Malumot uchun, Xabib Nurmagomedov avvalroq Kiev shahrida Krishtianu Ronaldu bilan ham suratga tushgan edi. Xabib ECHL 5-turidan o'rin olgan PSJ - “Liverpul” (2:1) uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qilgandi.
Havola :
Fikrlar