02 fev 17:46
Yangiliklar
Xabib Pore uni bo'g'ib o'ldirmoqchi bo'lganida nima haqida o'ylaganini aytdi
«Pore bilan jangimdan avval otamni asabiy holda ko'rdim. Bu 2019 yilda bo'layotgandi, u meni so'nggi marta jangga tayyorlaganidan buyon ko'p vaqt o'tdi. U menga rejaga amal qilishni va diqqatimni jamlashni maslahat berdi. Jang paytida men uni juda yaqindan ko'rdim. Pore meni bo'g'ayotganda, otam buni ro'paramizda kuzatar edi. Poreni aqldan ozgan deb o'yladim, u haqiqatan ham meni otasining ko'z o'ngida mag'lubiyatni tan oladi deb o'yladimi?
Aytgancha, jangdan oldin kiyinish xonasida Islam Maxachevga Pore «Gilyotin» usulini yoqtirishini aytdim. Keyin unga bo'ynimni berib charchataman dedim. «Gilyotin» — ancha kuch sarflaydigan usul», — dedi Nurmagomedov Michigan shtati Miftaah universitetidagi tadbir davomida.
Fikrlar