14 apr 15:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib - Porega: Sentyabrda uchrashguncha!
Engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov bugun o'tkazilgan Maks Xollouey - Dastin Pore jangi natijasidan norozi ekanligini malum qildi.
“Hakamlarning qaroridan noroziman. Qanday qilib hisob 49:46 bo'lishi mumkin? Har ikki sportchini hurmat qilgan holda aytishim mumkinki, uchrashuv durang bilan yakunlanishini kerak edi.
Lekin Porening jangini etiborsiz qoldirish kerak emas. Sentyabrda ko'rishguncha, Dastin!”, - deya o'zining Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Xabib.
Eslatib o'tamiz, Dastin Pore Maks Xolloueyni mag'lub etib, vaqtinchalik UFC chempioniga aylandi. Avvaldan kelishilganidek, ushbu jang g'olibi sentyabr oyida haqiqiy chempion Xabib Nurmagomedov bilan jang o'tkazishi kerak.
Havola :
Fikrlar