10 apr 18:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib qachon va kimga qarshi jang qilishi haqida gapirdi
UFCning engil vazndagi chempioni Xabib Nurmagomedov navbatdagi jangi haqidagi tafsilotlar haqida gapirdi.
"Biz bu borada ish olib boryapmiz. Jangim 80 foiz ehtimol bilan 7 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. Ayni paytda bu tasdiqlanmagan, muzokaralar olib borilmoqda. Asosiysi - 14 aprelgacha kutish. O'sha kuni vaqtinchalik chempion nomini bilib olamiz va shunga qarab ish ko'ramiz.
Taxminiy sana - 7 sentyabr. Xollouey - Pore jangi g'olibi bilan uchrashaman.
Keyingi raqibim Fergyuson yoki MakGregor bo'lishi mumkin? UFC o'z poziciyasini o'zgartiradi deb bo'lmaydi. Men ularning gaplarini aytyapman", - dedi Nurmagomedov.
Malumot uchun, Xollouey - Pore jangi 14 aprel kuni Atlantada UFC 236 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : Матч ТВ
Fikrlar