19 mar 11:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib rasman faoliyatini yakunladi
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov rasman faoliyatini yakunladi.
Bu haqida chempionning o'zi malum qildi.
«Dana bilan ajoyib tarzda tushlik qildik. U va UFC'dan minnatdorman. Biz ochiqchasiga gaplashib oldik va ketishga qaror qildim. Menimcha, eng to'g'ri qarorni qabul qildim», - deya o'zining Instagram sahifasida xabar qoldirgan Xabib.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov UFC 254 kechasida Jastin Getjini mag'lub etganidan so'ng faoliyatini yakunlashini elon qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar