28 avg 08:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Sen-Perga javob qaytardi va bu ikki so'zdan iborat gap 4000 layk oldi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jorj Sent-Per engil vazn UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov haqida fikr bildirgandi.
“Xabib Nurmagomedov 155 funt (70 kg) vaznda janglarini o'tkazadi. Lekin oddiy kundalikdagi og'irligi menikidan og'ir bo'ladi. U yosh va qiyinchiliksiz vazn tashlashi mumkin. Men hech qachon vazn tashlashga qattiq etibor bermaganman. Iloji boricha jang vaznimda yurishga harakat qilaman. Xabib jang qilmagan vaqtlarida 200 funt (90 kg)gacha vazn to'playdi, men esa o'rta vaznda jang qilgan bo'lsam ham bunday og'irlik bilan yurmaganman”, - degandi Jorj Xabib haqida.
Nurmagomedov Jorj Sen-Perning ESPN MMA "Instagram" sahifasida qoldirgan ushbu izohiga layk bosdi hamda qisqa va lo'nda qilib javob yozdi: "Jorj Sen-Per biladi". Ushbu ikkita so'zdan iborat gap 4000 dan ziyod layk olgan.
Havola :
Fikrlar