18 jan 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib timsolidagi bokschimiz Abdurasul tarozidan o'tdi, ertaga Koreyada jang + FOTO
Professional bokschimiz Abdurasul Ismoilov ertaga Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida ringga ko'tariladi.
Hamyurtimiz bu safar xitoylik Nuominga qarshi jang qiladi. Bahs 6 raundga mo'ljallangan. Bugun Abdurasul jang oldidan tarozidan o'tdi.
Eslatib o'tamiz, Ismoilov shu kungacha prof boksda 7 ta jang o'tkazgan va ularning 6 tasida g'alaba qozongan (3 ta nokaut). 1 marotaba mag'lub bo'lgan. Nuomin esa 4 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan (1 ta nokaut).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar