13 fev 14:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib-Toni oqshomida jang qiluvchi Mahmud Muradovning raqibi malum!
Avval xabar berganimizdek, hamyurtimiz Mahmud Muradov UFC dagi uchinchi jangini 18 aprel kuni o'tkazadi.
O'sha kuni UFC jangchimiz mezbon sportchi Karl Roberson (9-2)ga qarshi oktagonga ko'tariladi. Karl so'nggi jangini o'tgan yilning noyabr oyida Roman Kopilovni mag'lub etgan.
Eslatib o'tamiz, UFC 249 oqshomining markaziy jangida engil vazn toifasi chempioni Xabib Nurmagomedov promoushendagi asosiy raqibi Toni Fergyusonga qarshi jang o'tkazadi.
Malumot uchun, Mahmud Muradov aslida UFCdagi uchinchi jangini 14 mart kuni Fight Night 170 turniri doirasida Antonio Karlos Juniorga qarshi bahs olib borishi lozim edi. Lekin jangga ikki oy qolganda Karlos jarohat oldi va shu sababli jang bekor qilingandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar