22 noy 10:24
Yangiliklar

Xabib UFC bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi
Bunga UFCning Xabibga amerikalik engilmas bokschi Floyd Meyvezer bilan jang o'tkazish uchun ruxsat berilmagani sabab bo'lmoqda. Bu malumotni rossiyalik jahon chempionining menejeri Ali Abdul-Aziz ham tasdiqladi.
“Nurmagomedov UFCprezidenti Dana Uaytning qarorlariga hurmat bilan munosabatda bo'ladi. UFC bilan shartnomasi bor ekan, qoidalarga amal qiladi. Lekin shartnoma yakuniga etishi bilan Xabib Meyvezer bilan bog'lanib, 2019 yilda o'tkazilishi kutilayotgan jang bo'yicha muzokara boshlaydi.
Agar Floyd MMA qoidalari bo'yicha jang o'tkazish istagida bo'lsa, o'zini hozirdanoq sug'urta qilib qo'ysin. CHunki, bu jangdan keyin u birovning yordamisiz yura olmaydi, suvni ham maxsus naychalar orqali ichadi”, - dedi Abdul-Aziz TMZ portaliga bergan intervyusida.
Fikrlar