03 jan 07:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib UFC'ni keskin tanqid ostiga oldi
Engil vaznda rossiyalik sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Liga haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Menga ularning yangi siyosati yoqmadi. Endi UFC'ga qanday rekordga va mahoratga ega ekaning muhim emas. Ular borgan sari Magomedov, Nurmagomedov kabi familiyali jangchilarni xush ko'rishmayapti.
Sababi, ularga ko'p gapiradigan, spirtli ichimliklar istemol qiluvchi shoumenlar kerak. Biz uchun esa birinchi o'rinda sport. Eng yaxshi jangchilar o'zaro kuch sinashishi kerak. Bu kim eng zo'r o'yinchi ekani, eng zo'r soch turmak sohibiligi yoki eng ko'p obunachisi bor jangchilarning musobaqasi emas. Bu erda adolat bo'lishi kerak", deydi Xabib Nurmagomedov.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar