05 mar 14:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibdan mag'lub bo'lgan Porening navbatdagi raqibi va jang sanasi malum
Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Pore yana oktagonga qaytmoqda.
Amerikalik sportchi 16 may kuni Den Xukerga qarshi oktagonga ko'tariladi. Pore ayni paytda engil vazn reytingida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Uning bo'lajak jangdagi raqibi Den Xuker esa beshinchi pog'onadan joy olgan.
Eslatib o'tamiz, Dastin Pore o'zining so'nggi jangida amaldagi UFC chempioni Xabib Nurmagomedovga yutqazib qo'ygandi. Hozircha Pore - Xuker jangining qaysi shaharda o'tkazilishi haqida xabar yo'q.
Havola :
Fikrlar