07 dek 17:52
Yangiliklar
Boks/MMA

"Xabibga achinaman" - Islam Maxachev UFC 311 turniri haqida
UFC chempioni Islam Maxachev Xabib Nurmagomedovning UFC 311 turniridagi ishtiroki haqida gapirdi.
Xabib mazkur turnirda uch nafar sportchi - Tagir Ulanbekov, Umar Nurmagomedov va Islam Maxachevga sekundantlik qiladi.
"Biz uni ortiqcha bezovta qilmaslikka harakat qilamiz, lekin u uchun uzoq tun bo'ladi. Karddagi birinchi jangda Tagir Ulanbekov jang qiladi, keyin Umar va men. Xabibga achinaman. U uchun juda uzoq tun bo'ladi (kuladi)", - dedi Maxachev.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar