10 mar 13:01
Yangiliklar

Xabibga tegishli Eagle FC og'ir vaznda sobiq UFC chempionini safiga qo'shib oldi + FOTO
Bu safar tashkilot og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Junior Dos Santos bilan shartnoma imzoladi. Santos navbatdagi jangini Rossiyaning Eagle FC bayrog'i ostida o'tkazadi. Braziliyalikning raqibi yana bir sobiq UFC jangchisi Yorgan De Kastro bo'ladi.
Dos Santos - De Kastro jangi 20 may kuni AQSHning Mayami shahrida tashkil etiladigan turnir doirasida o'tkaziladi. 38 yoshli Junior Dos Santos o'tgan yilning mart oyida ketma-ket to'rtta mag'lubiyatni qabul qilib olganidan so'ng UFC tomonidan haydalgandi.
So'nggi jangida Siril Ganga yutqazgandi. Oxirgi g'alabasini 2019 yilning mart oyida nishonlagan ekan. O'shanda u ikkinchi raundda Derrik Lyuisni nokautga uchratgan edi. 35 yoshli Kabo-Verde vakili Yorgan De Kastro ham o'tgan yili ketma-ket uchta mag'lubiyati uchun UFC`dan chetlatilgandi.
Fikrlar