12 iyu 14:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibni rekordiga uchta jang qolgan Amosov chempionlik kamarini qo'lga kiritgandan so'ng nimalar dedi?
Yarimo'rta vazn toifasida "Bellator" kamari sohibi Yaroslav Amosov bugungi g'alabasidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Vada berganimdek, chempionlik kamarini Ukrainaga olib bormoqdaman. Meni juda ko'p inson qo'llab turganidan xursandman. CHempionlikni qo'lga kiritishimga yordam bergan barcha insonlarga minnatdorchilik bildiraman. Doim orzu qiling va o'zingizga ishoning. O'shanda barchasini uddalaysiz",-dedi Amosov.
Eslatib o'tamiz, Amosov bugun Duglas Limani mag'lub etdi va Bellator kamarini qo'lga kiritdi.
Malumot uchun, Yaroslav faoliyati davomida 26 ta jangda ishtirok etib, barchasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar