10 apr 14:46
Yangiliklar
Boks/MMA

"Xabibning janglari qiziqarli deb hisoblamayman"
Rossiyalik UFC jangchisi Petr Yan engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning janglari haqida fikrlar bildirdi.
«Xorijiy mamlakatlarda Xabibni Konor bilan bo'lgan jangdan so'ng tanishdi. Haqiqatdan, Xabib bu jangga ajoyib tayyorlandi va yakunda g'alabani qo'lga kiritdi.
Uning janglari? Faoliyatini boshlagan davridan beri u asosan bir xil usulda jang olib boradi. Men uning janglarini qiziqarli deb o'ylamayman. U o'z uslubidan juda unumli foydalanadi va g'alaba qozonadi, demak g'oliblar muhokama qilinmaydi», - dedi Yan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar