03 jan 14:51
Yangiliklar

Xabibning menejeri: Keyingi raqib aniq Fergyuson bo'lmaydi
Rossiyalik jahon chempionining menejeri Ali Abdul-Aziz birinchi galda Nevada shtati Sport qo'mitasining UFC 229 oqshomi doirasidagi janjal yuzasidan elon qiladigan yakuniy qarorini kutish lozim.
“Xabib hozir Dog'istonda. U yaqinlari, oila azolari bilan xordiq chiqaryapti. Qo'mitaning qarori qanday bo'lishidan qatiy nazar, men Xabibning qachon oktagonga qaytishini bilaman. Bir narsani aniq, yuz foizli kafolati bilan ayta olamanki, Nurmagomedovning keyingi raqibi Toni Fergyusson bo'lmaydi.
“Xabib 27ta jangning barchasida g'alaba qozongan. Biror marta ham nokdaun holatiga tushmagan. Xatto kuchli zarba ham o'tkazib yubormagan. Demak, aynan u raqibni tanlash va o'z shartlarini qo'yish huquqiga ega. Toniga hurmatni saqlagan holda shuni aytishim kerak-ki, unga qarshi jang katta auditoriya to'play olmaydi. Pullik PPV teletranslyaciyalar kutilgan foydani bermaydi”, - dedi Xabibning menejeri Abdul-Aziz.
Fikrlar