01 jan 13:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning menejeri: Meyvezer UFCda jang qilishga qo'rqadi
UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdul-Aziz Floyd Meyvezerning Yaponiyadagi kechagi jangidan so'ng fikr bildirdi.
Alining so'zlariga qaraganda, Meyvezer Xabibning oktagonda jang qilish bo'yicha taklifini qabul qilmaydi. Uning bunga yuragi dov bermaydi.
“Xabib va Konor o'rtasida katta farq bor. Buni Meyvezerning o'zi ham yaxshi biladi. Makgregor boks jangida Floydga yutqazdi. Kecha yaponiyalik kikbokschini mag'lub etdi. Lekin u oktagonga chiqishga qo'rqadi. Meyvezer shunchaki sportchi, hech qanday jangchi emas. Xabib u bilan liftda, telefon budkasida ham jang qilishga tayyor”, - Abdul-Aziz.
Havola :
Fikrlar