21 noy 11:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning murabbiyi Makgregor haqidagi haqiqatlarni tan oldi
Engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes Konor Makgregorning shogirdiga qarshi jangdagi mag'lubiyatini tahlil qildi.
“O'ylashimcha, Konor Nurmagomedovning “stoyka”da jang olib borishini etarlicha baholamadi. Bu esa uning mag'lubiyatiga olib keldi. Xabibning parterdan tashqari jang olib borish usullariga yuqori baho bergan bo'lardim.
Lekin Konor men kutganimdan ham yaxshiroq jang o'tkaza oldi. Buni ham tan olish kerak. Makgregor jangga yaxshi reja va taktika tanlay olibdi. SHu holat ham meni xayron qoldirdi. Ochig'i, Konor asosiy etiborini himoyaga qaratib, qarshi hujumda o'zi uchun qulay fursatni kutadi, deb o'ylagandim. Ammo, irlandiyalik sportchi o'zi birinchi bo'lib hujumga o'tdi. Menga Konorning greplingi ham yoqdi”, - dedi Mendes.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar