20 jan 17:08
Yangiliklar

Xabibning otasi: "Meyvezer bilan muzokaralar Fergyuson bilan jangdan keyin bo'ladi"
"Meyvezerda janglar statistikasi 50-0 ni tashkil etadi. Xech qachon yutqazmagan. Boksda buyuk ishlarni qilgan va o'ziga o'xshagan engilmas chempion bilan jang qilishni istaydi.
Xabibda barchasi joyida, ammo bizni Toni Fergyuson kutmoqda. Buni oldin ham aytganman, biz Tonini tinchitib olaylik, shundan so'ng yarim yil davomida Lomachenkoning jamoasi bilan boks qoidalari asosida ishlaymiz. Biz istalgan kun va istalgan joyni taklif qilamiz, faqat bir shart bilan: jang 11 raund boks va bir raund MMA bo'yicha o'tkazilishi lozim. Agar biz eng zo'r bokschiga qarshi 11 raund turib bera olsak, u nima uchun bizga qarshi 1 raund MMA qoidasi bo'yicha turib bera olmaydi? Ammo, bularning barchasi Tonidan so'ng bo'ladigan gaplar", - dedi Abdulmanap Nurmagomedov.
Avvalroq, Meyvezer Xabib Nurmagomedovga qarshi jang uchun o'z Instagramida anons elon qilgandi.
Fikrlar