16 apr 13:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning otasi o'g'li va Poreni taqqosladi
Xabib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov o'g'li va Dastin Poreni solishtirdi.
"Dastinning har bir zarbasi juda aniq va kuchli, u har qanday raqibni nokaut qilishi mumkin. Faoliayatidagi ko'plab janglarini muddatidan avval yakunlagan. U juda kuchli jangchi.
Lekin hamisha takidlaganimdek, Xabib raqiblaridan doim bir pog'ona ustun bo'lgan. Uning kurash usuliga hech bir raqib chora topolmaydi. O'g'limning bosimiga raqiblari dosh berolmaydi. Har qanday holatda ham biz Dastin bilan bo'ladigan jangga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz", - dedi Nurmagomedovlarning kattasi.
Havola :
Fikrlar