27 sen 15:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Xalimjon Mamasoliev IBA.Pro turnirida rus bokschisidan ustun keldi + VIDEO
Kecha Rossiya Federaciyasining Ufa shahrida boks bo'yicha IBA.Pro 9 turniri o'tkazildi.
Musobaqada o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Xalimjon Mamasoliev ham ishtirok etdi. Rossiya vakili Yaroslav SHkutyakka qarshi kechgan 6 raundlik jangda Mamasoliev muddatidan avval o'z g'alabasini tantana qildi. U raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratdi.
Bu orqali 18 yashar Xalimjon prof boksdagi beshinchi jangida beshinchi g'alabasiga ega chiqdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar