30 mar 10:30
Yangiliklar
Gandbol
Xalqaro gandbol federaciyasi XOQ tavsiyalariga qaramay, rossiyaliklarga qo'yilgan taqiqni saqlab qoladi
Xalqaro gandbol federaciyasi (IHF) XOQ tavsiyalariga qaramay, rossiyaliklarni musobaqalardan chetlashtirish qarorini saqlab qoladi.
Bu haqda IHF matbuot xizmatiga tayanib, «TASS» xabar bermoqda.
«IHF XOQ tavsiyasiga asoslangan holda o'z poziciyasini saqlab qoladi. Biz XOQ bilan yaqindan maslahatlashgan holda vaziyatni kuzatib boramiz va shunga muvofiq javob beramiz», — deyiladi tashkilot xabarida.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar