15 iyu 16:29
Yangiliklar
Xalqaro Kurash Associaciyasi Prezidenti istefoga chiqdi, uning o'rniga hamyurtimiz tashkilotni boshqaradi
U o'zining istefo xatida IKA Boshqaruv qo'mitasi hamda butun Dunyo Kurash oilasiga faoliyati davomida bildirilgan ishonch va hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi. SHuningdek, uning rahbarligi davrida Kurash sportini xalqaro miqyosda rivojlantirish, ommalashtirish va tashkilot salohiyatini mustahkamlash yo'lida amalga oshirilgan ishlarni alohida qayd etdi.
IKA Ustaviga muvofiq, IKA Birinchi vice-prezidenti Ziyoviddin Hodjiniyazovning zimmasiga vaqtinchalik Prezident vazifasini bajaruvchi (Acting President) vakolati yuklatildi.
U navbatdagi IKA Kongressgacha, prezidentlikning qolgan muddati doirasida tashkilotni boshqaradi. Mazkur Kongressda tashkilotning keyingi rahbariyati masalasi azolar tomonidan ko'rib chiqiladi.
Xalqaro Kurash Associaciyasi Haider Farmaning Kurash sporti rivojiga qo'shgan hissasini yuksak baholab, uning xizmatlarini minnatdorlik bilan etirof etadi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilaydi.
Fikrlar