So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

10 apr 08:18
Yangiliklar

Kurash

Xalqaro kurash associaciyasi prezidenti Toshkentga etib keldi

Teglar :  KurashHaydar Farmon
Xabaringiz bor, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo'yicha joriy yil 10-11 aprel kunlari Al-Hakim At-Termiziy xotirasiga bag'ishlangan ananaviy XV xalqaro turnir o'tkaziladi.

Mazkur turnir munosabati bilan yurtimizga ko'plab xorijiy mehmonlar tashrif buyurishmoqda. SHu kunga qadar 30ga yaqin mamlakatdan yuzdan ortiq sportchi, murabbiy va hakamlar kutib olindi Termiz shahriga etib borishdi.

Yurtimizga mehmonlarning kelishi davom etmoqda. Kecha Xalqaro kurash associaciyasi (XKA) prezidenti, Osiyo Olimpiya kengashining Osiyo o'yinlarini tashkil qilish departamenti direktori Haydar Farmon yurtimizga tashrif buyurdi. Martabali mehmonni Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov va MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimovlar kutib olishdi.

SHuningdek, Xalqaro kurash associaciyasida ommaviy axborot vositalari xodimlarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.

SHundan so'ng, sport mutasaddilari poytaxtimizda joylashgan XKA binosiga borishdi. U erda XKA prezidenti kurash rivoji yo'lida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Martabali mehmon ertaga Al-Hakim At-Termiziy xotirasiga bag'ishlangan turnirni kuzatish uchun Termiz shahriga boradi. Tashrif davomida Respublikamiz hukumati va sport sohasining rasmiy vakillari bilan ham uchrashuvlar belgilangan. Unda kurashni nafaqat yurtimiz, balki butun dunyodagi rivojini yanada kuchaytirish, «Toshkent-2025» yoshlar Osiyo o'yinlarini yuqori saviyada o'tkazish, yozgi Osiyo o'yinlari dasturiga ushbu sport turining yana bir qator vazn toifalarini qo'shish kabi rejalar ko'rib chiqiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing