So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

25 dek 13:42
Yangiliklar

Kurash

Xalqaro Kurash associaciyasida yil laureatlari aniqlandi

Teglar :  Kurash
Xalqaro Kurash associaciyasi Yangi yil arafasida yakuniga etib borayotgan sport mavsumi g'oliblarini elon qildi.

Etiborli jihati, joriy yilgi laureatlar to'qqizta nominaciyaga ko'ra aniqlandi.


“Yilning eng yaxshi ayol kurashchisi” nominaciyasida g'oliblik Jakartada tashkil etilgan Osiyo o'yinlari hamda Hindistonda o'tgan Osiyo chempionati g'olibi, hamyurtimiz Gulnor Sulaymonovaga nasib etdi.


Eronlik taniqli polvon, 81 kg.gacha bo'lgan vazn toifasida Osiyo o'yinlari va qita chempionati g'olibi, shuningdek, sohibqiron Amir Temur xotirasiga bag'ishlab Prezident sovrini uchun SHahrisabzda o'tkazilgan VII Xalqaro turnir chempioni Ilyos Ali Akbari “Yilning eng yaxshi kurashchisi” nominaciyasida g'olib, deb topildi.


Eng yaxshi ayol hakam sifatida Xitoy Taypeyi vakilasi Xo Pi Yen etirof etilgan bo'lsa, erkaklar orasida ushbu nomga janubiy koreyalik Kim Sukil munosib ko'rildi.


“Yilning eng yaxshi turniri” nominaciyasida Indoneziyada o'tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o'yinlari dasturidan o'rin olgan kurash musobaqalari etirof etildi. Takidlash joiz, Kurash birinchi marotaba rasman Osiyo o'yinlari dasturiga kiritildi. Qolaversa, musobaqa yuksak saviyada tashkil etilib, OAV orqali ham keng yoritildi.


“Kurash rivojiga munosib hissa qo'shgan eng yaxshi milliy federaciya”yo'nalishida Italiya kurash federaciyasi g'olib chiqdi. Boisi, Italiya kurash federaciyasi cheklangan moliyaviy imkoniyatlar bilan ham samarali faoliyat olib bordi, italiyalik polvonlar esa deyarli hech bir musobaqani o'tkazib yuborishmadi. Qolaversa, birinchi marta Italiyada murabbiylar uchun seminar tashkil etildi.


“Kurash rivojiga munosib hissa qo'shgan eng yaxshi mintaqaviy federaciya”nominaciyasida g'oliblik Panamerika kurash ittifoqiga nasib etdi.


“Yil g'alabasi” nominaciyasida g'oliblikni bir yo'la ikki milliy federaciya qo'lga kiritdi. Quvayt kurash federaciyasiga sovrin ushbu mamlakat polvonlari ilk bora Osiyo o'yinlarining kurash musobaqalarida bronza medaliga sazovor bo'lishgani uchun berildi. Hindiston kurash federaciyasi esa ushbu yurt kurashchilari Jakarta gilamlarida bittadan kumush va bronza medalini qo'lga kiritishgani uchun sovringa munosib ko'rildi.


Nihoyat “Jahonda kurash rivojiga qo'shgan munosib hissasi uchun” nominaciyasida O'zbekiston kurash federaciyasi g'olib bo'ldi.


Joriy yilda mazkur sport tashkiloti tomonidan yurtimizda Prezident sovrini uchun uchta nufuzli musobaqa (SHahrisabz, Xiva va Toshkent shaharlarida) yuksak saviyada tashkil etildi. Qolaversa, dunyo miqyosida ham milliy sport turimizni ommalashtirish yo'lida samarali faoliyat olib bordi.


Biz barcha g'oliblarni muborakbod etamiz.


Otabek Eshmamatov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing