So’nggi yangiliklar

10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 07:54"Интер Майами" "Монреаль"ни тор-мор этди. Мессидан покер 0 07:31Оғир вазн келажаги сифатида эътироф этилган Мозес Итаумани чуқур нокаутга учратишди 0 22:32Lausanne Grand Slam 2026. Ўзбекистон терма жамоаси иккинчи кунни ҳам медаль билан якунлади 0 21:11Шоҳсанам Шерзодова ва Нилуфар Зокирова жаҳон чемпионати кумуш медали совриндори 0 20:44Робиньонинг 18 ёшли ўғли "Женоа"га ўтмоқда 0 20:18UFC Fight Night 286 турнирининг бонуслари кимларга насиб этди? 0 19:53Бобуржон Тагиев Mangu 5 турнирида жанг қилади. Рақиб маълум + ПОСТЕР 0 19:19UFC Fight Night 286 турнирининг барча натижалари: Ўнта финишли жанг, Нурмагомедовда нокаут 0 18:46“Ливерпуль” “Ноттингем” билан ўйин давомида икки маротаба ҳисобда ортда қола туриб, мағлубиятдан қутулиб қолди 0 18:03Ядонг - Нурмагомедов жангида кутилмаган нокаут қайд этилди 0

26 dek 13:24
Yangiliklar

Og'ir atletika

Xalqaro og'ir atletika federaciyasi Parij-2024 licenziyalari o'ynaladigan turnirlarni elon qildi

Xalqaro og'ir atletika federaciyasi ham Parij-2024 Olimpiya o'yinlari uchun ajratilgan kvotalar va ularning taqsimlanish tizimini tasdiqladi.

Quyida mazkur dasturga oid etiborli malumot va raqamlarni keltirib o'tamiz:


Ushbu sport uchun umumiy ajratilgan kvota: 120 (60+60) 

Erkaklar vazn toifalari: -61 kg, -73 kg, -89 kg, -102 kg va +102 kg

Ayollar vazn toifalari: -49 kg, -59 kg, -71 kg, -81 kg va +81 kg


Ajratilgan 60 kvota har bir vazn toifalarida teng taqsimlanadi


Har bir mamlakatdan maksimum 6 nafar (3+3) sportchi Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok etishi mumkin. Bordiyu qaysidir jamoa 4 yoki undan ortiq yo'llanmaga ega bo'lsa, majburiy ravishda 3 sportchisini tanlaydi. 


O'rinlar reyting ochko taqdim qiluvchi musobaqalardagi natijalarga qarab shakllantiriladi. Parij-2024 yo'llanmasiga ega bo'lish uchun sportchilar kamida 5 ta ana shunday reyting turnirida ishtirok etishlari shart. Ulardan quyidagi 2 tasi majburiy: 


2023 yilgi jahon chempionati (2-17 sentyabr, Saudiya Arabistoni);

2024 yilgi Jahon kubogi (2-11 aprel, Tailand) 


SHuningdek, quyidagi musobaqalardan kamida 3 tasida ishtirok etgan bo'lishlari talab etiladi. 


2022 yilgi jahon chempionati (5-16 dekabr, Kolumbiya);

2023 yilgi Osiyo chempionati (3-13 may, Janubiy Koreya);

2023 yilgi I Gran-pri (2-12 iyun, Kuba);

2023 yilgi II Gran-pri (dekabr, Qatar);

2024 yilgi Osiyo chempionati (5-15 fevral, O'zbekiston) 


Licenzion musobaqalardan biriga Toshkent mezbonlik qilishi chempionatning nufuzini yanada ko'tarib beradi. Biroq qitamiz terma jamoalariga 2023 yilgi jahon chempionati va Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlarining orasidagi juda qisqa fursat halaqit berishi ko'plab muhokamalarga sabab bo'lmoqda. 

2-17 sentyabr kuni qitamiz atletlari Saudiyada dunyo birinchiligida ishtirok etishsa, 27 sentyabr – 4 oktyabr sanalarida ularni Osiyo o'yinlari doirasidagi bahslar kutib turibdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing