10 okt 13:33
Yangiliklar
Og'ir atletika
Xalqaro og'ir atletika federaciyasi Rustam Djangabaevni doping-sinamalarini alishtirishda ayblamoqda
IWF Xalqaro og'ir atletika federaciyasi nomidan ish yurituvchi ITA Xalqaro testlash agentligi malum qilishicha, o'zbekistonlik og'ir atletikachi Rustam Djangabaevdan 2018 yil may va dekabr oylarida olingan ikkita doping-sinama xar xil shaxslarga tegishliligi aniqlandi.
SHu sababli sportchi doping-sinamani alishtirishda ayblanmoqda. Malumot uchun, Butunjahon antidoping kodeksiga binoan, sinamalarni alishtirish eng jiddiy antidoping qoidabuzarliklar qatoridan joy olgan bo'lib, uning uchun 4 yillik diskvalifikaciya va muayyan muddatda qo'lga kiritgan barcha sport natijalarini bekor qilish kabi maksimal qattiq jazo belgilanadi.
Havola :
Manba : t.me/antidopinguz
Fikrlar