28 noy 19:01
Yangiliklar
Og'ir atletika
Xalqaro olimpiya qo'mitasi ikkita og'ir atletikachini Olimpiada medallaridan mahrum etdi
Ruminiya og'ir atletikachilari Razvan Martin va Roksana Kokos 2012 yil London O'yinlarida qo'lga kiritgan medallarini qaytarib berishadi, habar qiladi XOQ matbuot xizmati.
R.Martinning sinamasida stanozolol, degidroxlormetiltestosteron va metenolonning metabolitlari aniqlangan. London-2012 da u -69 kg gacha vazn toifasida bronza medali sohibi bo'lgandi. Uning yurtdoshi R.Kokosda stanozolol va metenolonga ijobiy test natijasi chiqdi. U -69 kg gacha vazn toifasida kumush medaliga ega bo'lgandi
Havola :
Manba : antidoping.uz
Fikrlar