So’nggi yangiliklar

15:15PFL Усман Нурмагомедовнинг навбатдаги жангини анонс қилди 0 14:30Хави "Милан"да Аллегри ўрнини эгаллаши мумкин 0 13:49"Шу жангни ютсам, ТОП-10'га кираман" - Рамазон Темиров 0 12:36"У сўзида турмади". Бетербиев Бивол ҳақида гапирди 0 11:18Чемпионлик сари йўл. Зангиота руҳи мададкор бунда! 0 10:45Эрон ЖЧ-2026 вақтида Мексикада яшайди, лекин... 0 09:23Отабек Холматов Тошкентдаги бокс оқшомида жанг қилиши мумкин 0 08:30"Ролан Гаррос". Бугун Камилла Раҳимова дунёнинг 10-ракеткасига қарши кортга чиқади 0 07:53"Ўлиминг яқинлашмоқда". Нассурдин Имавов Стриклендга мурожаат қилди 0 19:04Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалига қачон қуръа ташланиши маълум 0 18:40Дмитрий Биволга Ислам Махачев билан жанг ҳақида савол беришди, боксчи эса бунга жавоб берди 0 18:17Усикнинг собиқ промоутери Александрга фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 17:45Мураббий Махачевнинг қайтиш муддатини тасдиқлади 0 17:17Дмитрий Бивол Дана Уайт билан ҳам музокара ўтказганини айтди 0 16:39Моуринью "Интер" ҳимоячисини "Реал"га ўтишга кўндирди 0

12 mar 21:20
Yangiliklar

Kurash

Xalqaro seminar ishtirokchilari Toshkentga etib kelishmoqda

Teglar :  Kurash
Xalqaro Kurash associaciyasi tomonidan joriy yildan boshlab Kurash murabbiylari uchun xalqaro B licenziyasi talabi joriy etildi.

Mazkur licenziya asosida milliy terma jamoalar murabbiylarini xalqaro musobaqalarda ishtirok etishlari uchun ro'yxatdan o'tkazish imkoniga ega bo'lishadi.

Xalqaro Kurash associaciyasi taqvim rejasiga asosan Xalqaro Kurash instituti murabbiylar uchun 12-22 mart kunlari Toshkent shahrida xalqaro seminar va B licenziyasi uchun imtihonlarni tashkil etayotgani haqida avval xabar bergan edik.

Bugun seminarning rasmiy kuni. Kecha bugun seminar ishtirokchilari Toshkent shahriga etib kelishmoqda.

Ayni kungacha Xitoy Taypeyi, Eron, Afg'oniston, Rossiya, Turkmaniston, Qirg'iziston, Janubiy Koreya Ukraina, Malta davlatlari ekspertlari Kurash vataniga tashrif buyurishdi.

Bugun tunda va ertaga Nepal, Buyuk Britaniya, Turkiya, Indoneziya, Ruminiyalik Kurash mutaxassislarining kelishi kutilmoqda.

Seminar Dasturiga asosan ertaga O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikaciyalar Universiteti sport majmuasida amaliy mashg'ulotlar boshlanadi. Kunning ikkinchi yarmida Milliy Olimpiya qo'mitasi majlislar zalida seminarning rasmiy ochilish marosimi va matbuot anjumani o'tkazilishi belgilangan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing