19 dek 16:50
Yangiliklar
Xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuv
Ushbu arab mamlakatida Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK)ning Ijroiya qo'mitasi yig'ilishi hamda 39-Bosh Assambleyasi bo'lib o'tdi va unda O'zbekiston delegaciyasi ham ishtirok etdi.
Biz uchun ahamiyatlisi, o'tkazilgan bu ikki tadbirda Toshkent shahrida rasman IV yoshlar Osiyo o'yinlari mezboni sifatida tasdiqlandi, Markaziy Osiyo MMA Konfederaciyasi rahbari Otabek Umarov esa Osiyo Olimpiya Kengashi vice-prezidenti etib saylandi.
SHuningdek, delegaciyamiz azolari tashrif davomida OOK prezidenti SHayx Ahmad Al Fahad Al Sabah, O'mon Sultonligi valiahd shahzodasi, mamlakat sport vaziri Sayyid Di Yazan bin Xaytam, Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer, Xalqaro havaskor bokschilar associaciyasi (AIBA) prezidenti Umar Kremlyov, Butunjahon karate federaciyasi (WKF) prezidenti Antonio Espinos hamda Xalqaro gimnastika federaciyasi (FIG) prezidenti Morinari Vatanabe, bilan uchrashuvlar tashkil etilib, bir qator masalalar bo'yicha fikr almashildi.
Fikrlar